Hush kelibsiz
Baby Metabol

Baby Metabol - Biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchasi bo‘yicha qo‘llanma

  • Faol moddalari (150 ml tayyor eritma uchun):
  • DL-karnitin gidroxlorid — 7,2 g
  • L-lizin gidroxlorid — 7,2 g
  • Tsiprogeptadin atsefilinat — 5,25 mg
  • Vitamin B1 (Tiamin) — 9 mg
  • Vitamin B6 (Piridoksin) — 2 mg
  • Vitamin B12 (Siyanokobalamin) — 12 mkg
  • Selen — 30 mkg
  • Yordamchi moddalar: Essensiya, maltitol, tozalangan suv, povidon K-30, metilgidroksibenzoat, mannitol.
YoshiDozasi
3 oylik1 gr, kuniga 2 mahal
1–3 yosh2.5 gr, kuniga 2.5 mahal
4–8 yosh3.5 gr, kuniga 3.5 mahal

Faol komponentlar xususiyatlari: DL-karnitin – aminokislota bo‘lib, anabolik va antihipoksik ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘larning metabolizmini tezlashtiradi, hujayra va to‘qimalarning regeneratsiyasini (qayta tiklanishini) rag‘batlantiradi, ishtahani oshiradi.

L-karnitin jigar va buyraklarda sintezlanadi, yog‘ kislotalarini hujayra mitoxondriyalariga yetkazib, energiya hosil bo‘lishida ishtirok etadi. L-lizin – aminokislota bo‘lib, kalsiy va boshqa moddalarning o‘zlashtirilishini yaxshilaydi, bu orqali organizmning normal holatini tiklaydi. Lizin tashvish holatini kamaytirishda ishlatiladi va a’zolar normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, organizmdagi to‘qimalar va hujayralarni tashkil qiluvchi oqsilning asosiy materiali hisoblanadi.

Vitaminlar B1, B6, B12 oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi, modda almashinuvini va uglevodlar, oqsillar, yog‘lar sintezini tartibga soladi. Immun tizimi shakllanishiga yordam beradi, energiya ishlab chiqarilishi va markaziy asab tizimining normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Tsiprogeptadin atsefilinat reaksiyalarni yengillashtiradi, qichishishga qarshi va tinchlantiruvchi ta’sirga ega, shuningdek, ishtahani rag‘batlantiradi.

Qo‘llanilishi: faol qo‘shimcha quyidagilar uchun tavsiya etiladi: organizm uchun zarur bo‘lgan muhim aminokislotalar, vitaminlar va biologik faol moddalarning qo‘shimcha manbai sifatida; bolalarning to‘liq o‘sishi va rivojlanishini ta’minlash; ishtahani yaxshilash; ovqat hazm qilish tizimi faoliyatini faollashtirish; uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va vitaminlarning to‘liq o‘zlashtirilishiga ko‘maklashish; shamollashdan keyin organizmning kuchini va ish qobiliyatini tiklash.

Qo‘llash usuli va tartibi:

PAKET ICHIDAGI KUKUNNI ERITMA SOLINGAN FLAKON ICHIGA TO‘KIB SOLING, FLAKONNI YOPING VA KUKUN TO‘LIQ ERIGUNCHA YAXSHILAB CHAYQATING. TAYYORLANGAN ERITMA BIR OY DAVOMIDA O‘Z XOSSALARINI TO‘LIQ SAQLAB QOLADI.

Dozasi: 3 oylikdan 8 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 marta 2.5 ml. 8 yoshdan katta bolalar va kattalar — kuniga 2 marta 5 ml. Davolanish muddati shifokor tomonidan har bir insonning individual holatiga va ehtiyojlariga qarab belgilanadi. Odatda preparat 2 oy davomida qo‘llaniladi. Preparatni asosiy ovqatdan 30–60 daqiqa oldin ichish tavsiya etiladi.

Qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar: Preparat tarkibidagi komponentlarga individual murosasizlik (allergiya). Qariyalar va jismonan zaiflashgan (holdan toygon) bemorlarga tavsiya etilmaydi.

Nojo‘ya ta’sirlari: Agar har qanday noxush holatlar (nojo‘ya ta’sirlar) yuzaga kelsa, preparatni qo‘llashni davom ettirish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Maxsus ko‘rsatmalar: Ushbu biologik faol qo‘shimcha dori vositasi emas! Tavsiya etilgan kunlik dozadan oshirmang. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilmaydi — bu davrlarda preparatni qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha yetarli ma’lumot yo‘q. Yaroqlilik muddati qadoqda ko‘rsatilgan. Yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng ishlatmang.

Saqlash sharoiti: Quruq, xona haroratidagi joyda saqlansin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoyalang. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati: 24 oy